Kishore Kumar Hits

Oybek & Nigora - Shirintoyim lyrics

Artist: Oybek & Nigora

album: Shirintoyim


Shirintoyim, tavallud kuning bugun
Eng sara sovg'a-salomlar sen uchun
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi
Hayotimiz mazmunisan biz uchun
Erkatoyim, tavallud kuning bugun
Sho'x sadolar jaranglaydi sen uchun
Baxtimiz kelajagi, sog'liging – eng keragi
Bu qo'shig'imiz hadyadir sen uchun

Asta-asta qadam tashlagin, jonim bolam
Kulib yur, kulsang gar yorqinroq, go'zal olam
Bu oyim, bu adam, deganing tinglaganda
Qanday shukrona aytmagin, ayt Egam?
Shahdam-shahdam qadam tashla, mag'rur o'g'lonim
Inson bo'l, chinakam mard bo'lgin, pahlavonim
Oilam qo'rg'oni, yurtimning bek sultoni
Buyugim bergan baxtim – o'g'lonim
Shirintoyim, tavallud kuning bugun
Eng sara sovg'a-salomlar sen uchun
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi
Hayotimiz mazmunisan biz uchun
Erkatoyim, tavallud kuning bugun
Sho'x sadolar jaranglaydi sen uchun
Baxtimiz kelajagi, sog'liging – eng keragi
Bu qo'shig'imiz hadyadir sen uchun
Jonajon, jon bolam, so'zlari mehrigiyo
Yolg'izim, yagonam, nigohimdagi ziyo
Taxtli bo'l, baxtli bo'l, omon asrasin Xudo
Sen bilan munavvar bu dunyo
Mehribon jon o'g'lim, ko'zlarimning gavhari
Buvisining, dodasining jajjigina erkasi
Tug'ilgan kuning bugun, quvonchga to'la bu kun
Borligimiz, boyligimiz sen uchun
Shirintoyim, tavallud kuning bugun
Eng sara sovg'a-salomlar sen uchun
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi
Hayotimiz mazmunisan biz uchun
Erkatoyim, tavallud kuning bugun
Sho'x sadolar jaranglaydi sen uchun
Baxtimiz kelajagi, sog'liging – eng keragi
Bu qo'shig'imiz hadyadir sen uchun

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists