Kishore Kumar Hits

Sardor Tairov - Hasrat lyrics

Artist: Sardor Tairov

album: Majbur


Mana hanuz bo'z ko'zlarimni bir hijron to'sar
Yoki umrim chog'im har dam bu dardlar bezar
Yod-u fikrim ne zamonki, o'tlarga solib
Sevgidan kelgan a'lamlar bag'rimni ezar
Bilmadim qay bir fursat begonalar bo'ldi u yor
Bilmadim qay bir xato ayriliqqa etdi duchor
Bilmadim sevgi aybmi yo sevgan dilmi gunohkor
Bilmadim, bilolmadim, bilganim shu — begona yor!
Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray?
Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray?

Ne dard bu, darmoni hijron, dilni qiynar har on, oh yomon
Ne g'am bu, farmoni armon, dilni qiynar har on begumon
Kundan kun qiynar hijron, yor, vasling endi armon
Bir lahza endi seni ko'rmoqqa yo'qdir imkon
Ko'ksimda hijron dardi, qaylarda bo'lma mayli, bo'l omon, bo'l omon
Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray?
Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray?

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists