Yodgor deb ism qo'ydi, dadam Lekin siz yo'q yonimda onam Do'stlarim kabi chaqirsam, man ham Onam sizni sog'indim yomonam Alla-alla, bolam alla, ko'zmunchog'im o'g'lim, alla Degan so'zlar menga begona Pora-pora, yuragim pora, taqdir ekan netay, nachora Onamni ko'rmadim men bechora... Dadam meni aldayapti, aldayapti, aldayapti: "Onang safarga ketgan, bolam qaytadi" - deb. Dadam meni bilmayapti, bilishimni sezmayapti. Aytmayapti: "Onang vafot etgan" - deb... ♪ Bugun men dunyoga kelgan kun Har yil dadam yig'lar shu kun Qo'llarida sizning suratinggiz Bilsam sizdan ayrilgan kun, shu kun Yuzingiz-yuzingiz ko'rolmadim Qo'lingiz-qo'lingiz tutolmadim Bag'rimga-bag'rimga bosolmadim Onam, onam, onam Tushlarimga kiring endi Yonimda yuring endi Mendan rozi bo'ling endi, Onam Dadam meni aldayapti, aldayapti, aldayapti: "Onang safarga ketgan, bolam qaytadi" - deb Dadam meni bilmayapti, bilishimni sezmaypti Aytmayapti: "Onang vafot etgan" - deb