Kishore Kumar Hits

Sardor Mamadaliyev - Otang rizo bo'lmasa lyrics

Artist: Sardor Mamadaliyev

album: Yigit nolasi


Boshingni devorga urib qolasan
Husni-xulqing agar raso bo'lmasa
Ko'kargan bo'lsangda so'lib qolasan
Onang agar sandan rizo bo'lmasa
Otang agar sandan rizo bo'lmasa
Gerdayib yursangda, tagingda oting
Qanchalar ulug'vor bo'lmasin zoting
Bir puldir mehrsiz o'tkazgan oning
Onang agar sandan rizo bo'lmasa
Otang agar sandan rizo bo'lmasa
Kun kelar, qalbingda armon to'ladi
Tavbang o'tmay, ranging somon bo'ladi
Bolangdan qaytgani yomon bo'ladi
Onang agar sandan rizo bo'lmasa
Otang agar sandan rizo bo'lmasa
Oxiring voy bo'lib, g'aflat toparsan
Odamlar ko'zida nafrat toparsan
Xudoyimdan qandoq rahmat toparsan
Onang agar sandan rizo bo'lmasa
Otang agar sandan rizo bo'lmasa?
Ota-onang sandan rizo bo'lmasa

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists