Kishore Kumar Hits

Sardor Mamadaliyev - Singlim lyrics

Artist: Sardor Mamadaliyev

album: Oqibat


Ma uchun ko'zlaringda yosh,
Qaysi nomard yig'latdi sani?
Qaysi nomard yoshingni to'kib,
Xastalikka yo'latdi sani?
Qo'y yig'lama, yig'lama, ey qiz,
Sen yig'lasang, yig'layman men ham.
Ikkimizga yetar hozircha
Qalbingdagi qayg'u bilan g'am.
Ikkimizga yetar hozircha
Qalbingdagi qayg'u bilan g'am.
O'sha nomard – yig'latib qo'ygan,
Yor qadrini qaydan ham bilsin?
Qiz bolaning dilin bilmasa,
Yor mehriga zor bo'lib o'tsin.
Qo'y yig'lama, maning jon singlim,
Dunyo o'zi shundoq ham bir kam.
Ikkimizning baxtsiz yuraklar
Bir-biriga bo'lishsin malham.
(O'-o'-o'o', o'-o'-o'o',
O'-o'-o'o', o'-o'-o'o',
O'-o'-o'o', o', o', o')

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists