Kishore Kumar Hits

Sardor Mamadaliyev - Qoshi qarolar lyrics

Artist: Sardor Mamadaliyev

album: Ko'nglimda bir yor


Qoshi qarolar, hey, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Ko'zlar ham buncha qaro bo'lurmu,
Ko'zdanmu shuncha motamsarolar?
Lablarda rangin, zulflarda jangil,
Ranglarmi yoki rangin balolar, dod-ey?
Qoshi qarolar, hey, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar, hey.
Qoshi qarolar, hey, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Qoshlar qilichdir, qomatlar raso,
Jonu dilimda shundan yarolar, hey.
Qoshi qarolar, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar,
Hey, jabru jafolar.
Ko'zlar ham buncha qaro bo'lurmu,
Ko'zdanmu shuncha motamsarolar?
Lablarda rangin, zulflarda jangil,
Ranglarmi yoki rangin balolar, hey?
Qoshi qarolar, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Qoshi qarolar, hey, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar,
Hey, jabru jafolar.
Ko'klarga bir kun uchgaysan, ey jon,
Zangor havolar, moviy samolar.
Sendan so'rsalar, qoldilar deb ayt,
Qoshi qarolar, ko'zi qarolar.
Qoshi qarolar, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Qoshi qarolar, ko'zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar,
Hey, jabru jafolar.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists