Kishore Kumar Hits

Alisher Fayz - Eslab tur lyrics

Artist: Alisher Fayz

album: Eslab tur nomli albom dasturi


Muhlislaring qator qator tizilsa,
Oyoqlaring yerdan jindak uzilsa,
Asablaring sal narsaga buzilsa,
Do'ppingni yerga qo'y, birdam hayol sur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Do'ppingni yerga qo'y, birdam hayol sur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur

Ko'kka qarab g'oz kerma qomadni,
Ranjitmagin ko'kdan kelgan omadni,
Kim berdi deya senga bu karomatni,
Manmanlikdan o'zni o'zing emlab yur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Manmanlikdan o'zni o'zing emlab yur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur

Yo'l boshida orzularni quvlading,
Baxt kalitin daromad deb o'ylading,
Zarni sevsang nega zargar bo'lmading?
Shohu gado bilan birdek suhbat qur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Shohu gado bilan birdek suhbat qur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur

O'tmishimning yig'indisi o'tgan kun,
Alamimni ichimga jim yutgan kun,
O'tgan kundir men bugunni kutgan kun,
Yurakginam ertaga ham shunday ur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Yurakginam ertaga ham shunday ur,
O'tgan kunlaringni bir bir eslab tur
Inson butun umr qolmas zulmatda,
Mard yigitga omad kelar albatta,
El oldida doim bo'lib ibratda,
Ey Alisher kamtar bo'lib davron sur,
O'tgan kunlaringni doim eslab tur
Yurtning to'yu bayramida javlon ur,
O'tgan kunlaringni doim eslab tur

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists