Kishore Kumar Hits

Alisher Fayz - Shamol lyrics

Artist: Alisher Fayz

album: Ko'nglim Senda


Tug'ilgan kuningda sendan olisda,
Ne taqdirki, yoring ham yolg'iz-da.
Rizqini har joydan terar har banda,
Bu mavzuda har kim ham ojiz-da.
Ko'ngil yorib aytsam to'g'risin,
Yolg'izim, o'zing yuragim o'g'risi.
Sog'inganda ichim og'risa,
Yoningda bo'lgim kelar.
Shamol keltirsa-yey yorim, muattar atringni,
Xayol keltirsa-yey ko'z oldima gul rasmingni.
Visol keltirsa-yey, la'li labingda bol keltirsa,
Labingda bol keltirsa…
Tug'ilgan kuningda dil izhorim bo'lib,
Tabassumim borsa qizil gullarda.
Balki omadimning kichik badali bo'lib,
Umrim o'tmoqdami uzoq yo'llarda?
Atirgul tikoni bag'ring o'yib,
Xo'rsinasan yoki yig'larsan to'yib.
Hammasini bir kun bir chetga qo'yib,
Yoningda bo'lgim kelar.
Shamol keltirsa-yey yorim, muattar atringni,
Xayol keltirsa-yey ko'z oldima gul rasmingni.
Visol keltirsa-yey, la'li labingda bol keltirsa,
Labingda bol keltirsa…
Shamol keltirsa-yey yorim, muattar atringni,
Xayol keltirsa-yey ko'z oldima gul rasmingni.
Visol keltirsa-yey, la'li labingda bol keltirsa,
Labingda bol keltirsa…

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists