Kishore Kumar Hits

Alisher Fayz - Oshiq-moshiq lyrics

Artist: Alisher Fayz

album: Toshkentlik


Mahallamning boy qizi
Osmonimning yulduzi
Hafa bo'lma uchrashgani
Borolmayman kunduzi
Ko'chang to'la sovchilar
Sovchi emas ovchilar
Meni qanday yigitligim
Hali bilmapti ular
Hech bir oshiq yurakni
Ayro qo'ymasin
Sevgimizga qarshilar
To'yda o'ynasin
Eshik oshiq moshig'i g'ichirlaydiyo
Tunda oshiq mashug'lar pichirlaydiyo
Sendek qizni ko'nglini ololmasamo
Majnun og'am meni aslo kechirmaydiyo
Mahallamning boy qizi
Hayolimning o'g'risi
Boray desam qorong'udan
Qo'rqamanda to'g'risi
Qo'yma jonim alamga
Aylangin yagonamga
Mehr bilan kulishlaring
O'xshaydida onamga
Hech bir oshiq yurakni
Ayro qo'ymasin
Baxtli bo'lsin deganlar
Shu qo'shiqqa ovoz bering
Eshik oshiq moshig'i g'ichirlaydiyo
Tunda oshiq mashug'lar pichirlaydiyo
Sendek qizni ko'nglini ololmasamo
Majnun og'am meni aslo kechirmaydiyo
Mahallamning boy qizi
Orzuimning yulduzi
Yor-yor aytib ko'changdan
Ob kettima kunduzi
Yangi hayot boshlanar
Oma uzur oshnalar
Yangi kuyov daydisaye
Kelin ko'zi yoshlanar
Hech bir oshiq yurakni
Ayro qo'ymasin
Baxtli bo'lsin deganlar
To'yda o'ynasin
Eshik oshiq moshig'i g'ichirlaydiyo
Tunda oshiq mashug'lar pichirlaydiyo
Sendek qizni ko'nglini ololmasamo
Majnun og'am meni aslo kechirmaydiyo

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists