Kishore Kumar Hits

Alisher Fayz - Rayxon lyrics

Artist: Alisher Fayz

album: Yuragimga yaqinsiz


Akasining dardi bor
Ukasining kuyida
Akasi ado bo'ldi
Bir go'zalning ko'yida
Rayhon senga uylanay deb
Go'zal qo'shiq yozuvdik
Bu tarona aytildi-ya
Rayhonaning to'yida
Afsusgina shunday qo'shiq
Tarix bo'lib qolib ketdi
Bog'imizdan Rayhonni
Yigitali olib ketdi
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon

Vafosi yo'q go'zal ekan
Ta'riflari g'azal ekan
Ne qilardik, nima ham derdik
Shunday taqdir azal ekan
Sog'inmaymiz, kutmaymiz
Yo'liga ko'z tutmaymiz
Ne eksak ham bog'imizga
Endi rayhon ekmaymiz
Vodiyda to'y bermoqchiydik
Dilda armon qolib ketdi
Rayhonni begonalarmas
Vodiyliklar olib ketdi
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon

Hazil qo'shiq aytdik xolos
Hazil chinga o'tmaydi
Akam uchun hech bir go'zal
Kelinoyimga yetmaydi-ey
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon
Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon
Rayhon, Rayhon, baxtli bo'l, Rayhon-ey

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists