Kishore Kumar Hits

Benom guruhi - Parcha lyrics

Artist: Benom guruhi

album: Adashdimmi / Parcha


Uchrashib qolsak qanday qaraysan ko'zimga?
Yoki yolg'izlanib meni eslaganingda
Balki ko'ngling yig'lar, pinhon qayg'urar
Zora jonlanib ketar dilingdagi tuyg'ular
Yengil hayot, boyliklar ustunroqmidi senga?
Ularning ketidan qara aylanding kimga
Aksingdan so'ra, ayblashdan ko'ra
Axir ajratgan o'zing-ku bizni bir umrga
Tuyg'ularim parcha-parcha-parcha
O'tdi yillar ancha-ancha-ancha
Soxtaliging bilganimda, bilasanmi qiynalgandim qancha?
Nega endi bugun sen yonimda?
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun keldingmi yana?
Tuyg'ular parcha-parcha-parcha
Qiynaldim ancha-ancha-ancha
Sevmasliging bilib turib, bilasanmi ezilgandim qancha?
Nega endi qaytding sen yonimga?
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga!
Biz yurgan ko'chalar seni eslatar har kun
Yurak havotirda sendan negadir bugun
Gohi ko'rgim kelar, gohi aytgim kelar
Aytolmagan gaplarim ichimni yemirar
Sen orzu qilgan boylik bugun menda bor
Lek, biz kutgan mehr ayt qay birimizda bor?
Qiynaydi savol - bo'ldi kimga zavol?
Boylikga mag'lub bo'lgan sevgim senga uvol
Tinchlan yurak deyman
Qo'l siltab bariga mayli deyman-u
Tinch qo'y menga tegma
Sog'inchlarim mani boshimni egma, egma!
Meni majbur etma qaytishimga!
Tuyg'ularim parcha-parcha-parcha
O'tdi yillar ancha-ancha-ancha
Soxtaliging bilganimda, bilasanmi qiynalgandim qancha?
Nega endi bugun sen yonimda?
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun keldingmi yana?
Tuyg'ular parcha-parcha-parcha
Qiynaldim ancha-ancha-ancha
Sevmasliging bilib turib, bilasanmi ezilgandim qancha?
Nega endi qaytding sen yonimga?
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga!

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists