Kishore Kumar Hits

Janob Rasul - Ona lyrics

Artist: Janob Rasul

album: Sanam


Gohida kuy ishqi qilganda xumor
Sho'ng'ib ketsam goho ohu-nolamga
Vayron kulbasida nimaiki bor
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Vayron kulbasida nimaiki bor
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Jovdiraydi sarflab barcha imkonin
Qo'yib bersang, tutar kaftida jonin
Suprasini qoqib, eng so'nggi nonin
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Suprasini qoqib, eng so'nggi nonin
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Men halakman o'gil-qizim erkalab
Quvonaman har bir yutug'in sanab.
Bechora tin bilmas kechmi, ertalab
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Qayda yursa maqtar men dilbandini
Elga ko'rk bo'lar deb shu farzandini.
To'ydan niyat qilib olgan qandini
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
To'ydan niyat qilib olgan qandini
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
To'ydan kech qaytsam-u turmay ertalab
Uxlasam, boshimda sochlarim silab
Nimadir kaftida, qo'li qaltirab
Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Nimadir kaftida, qo'li qaltirab
Onam menga tutar, men-chi bolamga. {}
Eh, besh kunlik dunyodan izlayman malham
Yiqilsam, yonimda hamdamim onam.
Qaniydi, qaniydi onamdek mard bo'lib men ham
Butun topganimni onamga tutsam. {}
Ushbu qo'shiq matni uchun Shahnoza

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists