Kishore Kumar Hits

Bahrom Nazarov - Gulsara lyrics

Artist: Bahrom Nazarov

album: Baxt uchun


(Hay yor-ay...
Yuragimga o't qala,
Ahvolimga bir qara.
Gulsarajon, Gulsara,
Kel-a...)
Qoshi qora Gulsara,
Ahvolimga bir qara.
Men Toshkentdan kelguncha
Boshqani yor debsan-a,
Gulsara?
Sabring tugab, bitdimi?
Kutish jondan o'tdimi?
Sabring tugab, bitdimi, ayt?
Kutish jondan o'tdimi?
Meni yaxshi ko'rmagan
Yo onang aynitdimi-yey,
Ayt, Gulsara?
(Gulsara, Gulsara,
Gulsara, Gulsara, Gulsara.
O'yna-ya, quvna-ya,
O'yna-ya, o'yna-ya, quvna-ya.
Gulsara, Gulsara,
Ha, akajoning aylansin-a.)
Men o'zimni sher derdim,
Men o'zimni zo'r derdim,
Soddaman-da, adashib
Bevafoga dil berdim.
Dardim tinglang, odamlar,
So'zimni anglang, odamlar,
Mahallamga endi man
Qanday qo'yay qadamlar-ey?
Ayt, Gulsara?
Yuzimni hatlab o'tibsan,
Yolg'on yig'lab ketibsan.
Baxtli qil deb akamni,
Dugonangga aytibsan-ey.
Ey, Gulsara!
(Gulsara, Gulsara,
Gulsara, Gulsara, Gulsara.
O'yna-ya, quvna-ya,
O'yna-ya, o'yna-ya, quvna-ya.
Gulsara, Gulsara,
Ha, akajoning aylansin-a.)
Bugun qo'shnim uyiga
Kelin keldi yor-yor.
Borolmayman u yoqqa,
O'ltirarman zor-zor.
Onam aytar zerikmay,
O'glim to'yga bor-bor.
Borolmayman onajon,
Or qilaman, or-or-ey.
Eh, Gulsara...
(Yomon qilding, Gulsara...)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists