Kishore Kumar Hits

Bahrom Nazarov - Kamtar bo'l lyrics

Artist: Bahrom Nazarov

album: Baxt uchun


Molu davlating cheksiz bo'lsa ham
Barchaga himmating shaksiz bo'lsa ham
Sen aql bobida tengsiz bo'lsangam
Ey inson, insonlar gavhari bo'lgin
Kamtarin bo'lgin kamtarin bo'lgin
Hech bir to'yu hasham sensiz o'tmasa
Mol davlat yig'ilsa vaqtlar yetmasa
Inson o'shanda ham o'zdan ketmasa
Har insonning ko'ngil daftatin ko'rgil
Kamtarin bo'lgin kamtarin bo'lgin
Umr doryo kabi oqar deydilar
Gohida qol qolga boqar deydilar
2 (x)
G'animlar chayondek chaqar deydilar
Sen esa yaxshilar raxbari bo'lgin
Kamtarin bo'lgin kamtarin bo'lgin
2(x)
Tor yo'lga solmasin hech kimni hayot
Do'stlari sotmasin qolib benajot
2(x)
Makrdan hiyladan asrasin hayhot
Baxt bog'ida bir tup nastarin bo'lgin
Kamtarin bo'lgin kamtarin bo'lgin
Har kimga nasiba tekkanin olar
Har kishi yerga ekkanin olar
Talashma mol dunyo hammadan qolar
Bu dunyo sendanda mendanda qolar
Har davraning guli kamtari bo'lgin
Kamtari bo'lgin
Ey odam odamlar gavhari bo'lgin
Kamtarin bo'lgin kamtarin bo'lgin
Sen esa yaxshilar rahbari bo'lgin
Kamtarin bo'lgin kamtarin bo'lgin

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists