Kishore Kumar Hits

Bahrom Nazarov - Yana keldim lyrics

Artist: Bahrom Nazarov

album: Baxt uchun


Yana keldim seni izlab, yorim,
Vasling o'ylab, isming so'ylab,
Sog'inib seni, jonim.
Mana keldim seni izlab, yorim,
Shahzodang bo'lib, bir nazar qilib,
Tinglagin qalbim zorin, yana keldim.
Ne-ne sanamlar o'tdi kulib,
Sensiz alamlar tutdi qo'lim.
Og'ir qadamlar kesdi yo'lim,
Sen deya, ishq deya, esla har soniya
Bo'ldim sarson, qara bu holga.
Garchi bisyor ishqqa dardi hijron,
Dardga darmon o'zing janon,
Ahvolim sensiz yomon.
Yana keldim seni izlab, yorim,
Vasling o'ylab, isming so'ylab,
Sog'inib seni, jonim, mana keldim.
Sensiz har onda yondi dilim,
Gohi gumonda sindi dilim,
Topdim axiri seni, gulim.
Dil to'ri sen uchun,
Ko'z nurim sen uchun,
Sevgingni ayt, yor, bir men uchun.
Yana keldim seni izlab, yorim,
Vasling o'ylab, isming so'ylab,
Sog'inib seni, jonim.
Mana keldim seni izlab, yorim,
Shahzodang bo'lib, bir nazar qilib,
Tinglagin qalbim zorin, mana keldim.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists