Kishore Kumar Hits

Bahrom Nazarov - Kechikish lyrics

Artist: Bahrom Nazarov

album: Shukrona


Ayb etmang, do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu hayot shaydo
Kim ham sevmas, kim yig'lamas
Kim kuylamas mening yoshimda?
Bulbulman, ohu zor chekib
Toza gulzordin ayrildim
Ko'zdan qonli yoshim to'kib
Ul sevar yordin ayrildim
Ayrildim g'uncha gulimdan
Qora sochli sumbulimdan
Xush ovozli bulbulimdan
Shiringuftordin ayrildim
Telba ko'nglim orzumoli
Barcha go'zallarning xoli
Sakkiz jannatning bo'stoni
Ul mevazordin ayrildim
Maxtumquli – oshiq Maston
Bag'ishlab sha'niga doston
Manzilgohi bog'u bo'ston
Olma-anordin ayrildim
Olma-anordin ayrildim...

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists