Kishore Kumar Hits

Botir Qodirov - Ey do`stim lyrics

Artist: Botir Qodirov

album: Jim turing


Ey do'stim, ey do'stim
Davlating, imkoning bo'lsa
Tulporing choparga maydoning bo'lsa
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan
Mol-davlat ustunmas ota-onangdan
Hashamat ustunmas ota-onangdan
Maishat ustunmas ota-onangdan
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il

Bugun qadah tutib turgan dilbarlar
Yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Oppoq sochlarida, sabr beshigi
Ajinlar qatori, jabr beshigi
Biz ochib kirmasak, mehr eshigin
Qarsillatib yopsak, qadr eshigin
Ulgur ochilmasdan qabr eshigi
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Ey do'stim, ey do'stim
Davlating, imkoning bo'lsa
Tulporing choparga maydoning bo'lsa
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Bu dunyo nimadir, bu dunyo – o'yin
Bugun yutsak, erta yutqazish tayin
Boshqa ishingni qo'y, ey Ahad Qayum
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Bor boyligu naqding shular emasmi?
Bor davlatu taxting shular emasmi?
Axir sening baxting shular emasmi?
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Ey do'stim, ey do'stim
Davlating, imkoning bo'lsa
Tulporing choparga maydoning bo'lsa
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Eng avval otangni qadrini bilgin
Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists