Kishore Kumar Hits

Xurshid Rasulov - Yoshligimga lyrics

Artist: Xurshid Rasulov

album: Yoshligimga


Gohi shunday paytim keladi
Sizga bir gap aytgim keladi
Qursin kongilning kochasi demang
Yoshligimga qaytgim keladi
Dadam so'zin tinglagim kelar
Bağrida bir uxlagim kelar
Quchib-quchib yiğlagim kelar
Yoshligimga qaytgim keladi

Onam yopgan issiq nonlarni
Eslab do'stu qadrdonlarni
Soğindimda õsha onlarni
Yoshligimga qaytgim keladi
Olislardan chorlar bor nigoh
Qaytolmasam menda na gunoh
Ilk sevgimga yagona guvoh
Yoshligimga qaytgim keladi

Umr asli besh kunlik safo
Gohi safo gohida jafo
Tashlab ketgan õsha bevafo
Yoshligimga qaytgim keladi
Siz ham mendek ezilgan choğda
Kezganmisiz hazonli boğda
Qumsab A'zam yuragi doğda
Yoshligimga qaytgim keladi
Yoshligimga qaytgim keladi
Yoshligimga qaytgim keladi
Soğinganda õsha onlarni
Yoshligimga qaytgim keladi

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists