Kishore Kumar Hits

Xurshid Rasulov - Qaydasan lyrics

Artist: Xurshid Rasulov

album: Tinchlik bo'lsin (Live)


Ey mening noziknihol oromijonim qaydasan
Bu ko'ngil bo'stonida g'uncha dahonim qaydasan
Necha kundir bu ko'ngil mushtoqi bedoring erub
O'rgilay ey dilbari shirinzabonim qaydasan
Qaydasan, qaydasan, o'rgilay ey dilbari shirinzabonim qaydasan
Ayrilib men yordin bir necha kundir bo'ldim judo
Axtarib keldim seni oromi jonim qaydasan
Holimiz behad yomondur kelmasang holim xarob
Ey meni xush mehribon, ruhi ravonim qaydasan
Qaydasan, qaydasan, o'rgilay ey dilbari shirinzabonim qaydasan
Ko'zlarim giryon bo'lib qoldim bu g'am sahrosida
Hasratingdan chiqdi bu ohu fig'onim qaydasan
Tashna labdur Mashrabing chunkim yurak bag'rim kabob
Furqatingda ey meni sarvi ravonim qaydasan
Tashna labdur Mashrabing chunkim yurak bag'rim kabob
Furqatingda ey meni sarvi ravonim qaydasan
Qaydasan, qaydasan
Qaydasan, qaydasan
O'rgilay ey dilbari
Shirinzabonim qaydasan
Qaydasan, qaydasan
Qaydasan, qaydasan
O'rgilay ey dilbari
Shirinzabonim qaydasan
O'rgilay ey dilbari
Shirinzabonim qaydasan

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists