Kishore Kumar Hits

Jaloliddin Ahmadaliyev - Biz ham bir yashasak maylimi lyrics

Artist: Jaloliddin Ahmadaliyev

album: Biz ham bir yashasak maylimi


Sizga tor qolmasa mobodo
Biiir qadam tashlasak maylimi
Siz bosib olgan bu dunyoda
Biz ham bir yashasak maylimi
Men emas omadim kuldida
Sal kuldim kitobim jildida
Bo'ldida birodaaar bo'ldida
Biz ham bir yashasak maylimi
Cho'chqaning etibor etida
Zax tomib turganda betida
Xudoning hovlisin chetida
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Qo'limiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi

Shoqollar ne istar bo'ridan
Laychalar qo'rqar sher go'ridan
Qutilib peshona sho'ridan
Biz ham bir yashasak maylimi
Do'st uchun to'g' edim o'lay man
Qadrim yo'q joyda gaaar qulayman
Men sizga omadlaaar tilayman
Biiiiz ham bir yashasak maylimi
So'zlarim yoqmasa tinglamang
Qarg'adek qag'illaaab cho'qimang
Haqimda g'iybatlar to'qimang
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Qo'limiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi

Siz davr surganda kuzatdik
Uzatsak mexrimiiiz uzatdik
Ko'ngilni xavasla bezatdik
Biz ham bir yashasak maylimi
G'am yeysiz g'amimiz yemassiz
Omading beribdiii demassiz
Yaxshiyam siz shayton emassiz
Biz ham bir yashasak maylimi
Sajdada so'rayman o'zidan
Ranjimang Anvarniiing so'zidan
Yosh to'kmang dushman ko'zidan
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Biz ham bir yashasak maylimi
Qo'limiiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists