Kishore Kumar Hits

Jaloliddin Ahmadaliyev - Eh odamlar lyrics

Artist: Jaloliddin Ahmadaliyev

album: Eh odamlar


Omad kelsa yo'qlab turganlar
Eh davrimda davron surganlar
Yo'qlab qo'ying yiqilganimda
Men yomonni yaxshi ko'rganlar
O'zgarmas hech siyratim aslim
Bahor emas xazonli faslim
Bo'ldingizmi shaytonga taslim
Men yomonni yaxshi ko'rganlar
Dunyo nadir besh kunlik bozor
Keldingmi do'st ketaring ham bor
Bilmam sizmi yo men gunohkor
Men yomonni yaxshi ko'rganlar
Ey odamlar
Kimga omad kulib boqmaydi
Daryo o'ngdan chapga oqmaydi
Menga yoqqan sizga yoqmaydi
Men yomonni yaxshi ko'rganlar
Bitmas sira dunyoning ishi
Ezar goho ro'zg'or tashvishi
Kurashmoqqa qolmadi kuchim
Men yomonni yaxshi ko'rganlar
Ulug'bek ayt o'sha qizga ham
Mehr berdim hatto muzga ham
Besh ketmadim aslo sizga ham
Men yomonni yaxshi ko'rganlar
Ey odamlar

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists