Kishore Kumar Hits

Jasur Umirov - Erkak lyrics

Artist: Jasur Umirov

album: Vay-vay


Berar ham Xudodir, olar ham Xudo,
Erkak yig'lamasin davlat ketsa ham.
Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo,
Erkak yig'lamasin omad ketsa ham.
Berganda shukr qil, olganda sabr,
Shoshilib o'zingga qazimagin qabr.
Yigitchilik darsin o'qimasdan axir,
Erkak yig'lamasin faqat sinsa ham.
Yiqilsang ustingdan kuladi nomard,
Aslida aybing yo'q, biladi nomard,
Shoshma, o'zi qaytib keladi nomard,
Erkak yig'lamasin dushman kulsa ham.
Yigitning parvozda qanoti do'stdir,
Yigitning so'nggida najoti do'stdir,
Yigitning hayoti-mamoti do'stdir,
Yigit yig'lamasin chin do'st ketsa ham.
Pul bor joyda, biling, do'st bor, dushman bor,
Pul bor joyda, biling, rost bor, yolg'on bor,
Pul bor joyda, biling, nafs bor, shayton bor,
Erkak yig'lamasin do'st pand bersa ham.
Onasin haqorat qilganni ko'rdik,
Xotini xiyonat qilganni ko'rdik,
Farzandi jinoyat qilganni ko'rdik,
Erkak yig'lamasin sho'r dard kelsa ham.
Yiqilganda qochsa qavmu qarindosh,
Ey yigit, sinmagin, egib yurma bosh.
Belga belbog' bo'lsin doim sabr va bardosh,
Erkak yig'lamasin madad ketsa ham.
Kimdir ko'rolmasa qurgan joyingni,
Boshing silab, mo'ljallasa poyingni,
Ulfat bo'lib, og'ulatib choyingni,
Erkak yig'lamasin kim past ketsa ham.
Tillaga o'ch bo'lmoq ayolning kasbi,
Er yigit xaromdan qochadi asli,
O'ksinmas yo'qotsa duru zo'r qasrin,
Erkak yig'lamasin boylik ketsa ham.
Boylik adashmoqlik uchunmi, ayting?
Boylik hatto baxtdan ustunmi, ayting?
Boylik – bu hayot mazmunimi, ayting?
Erkak yig'lamasin xilvat bo'lsa ham.
Baxting kesmoq bo'lar ichi qoralar,
Sochingga shu g'amdan ming oq oralar,
Cho'ntakdan pul qochsa, diling poralar,
Erkak yig'lamasin quvvat ketsa ham.
Boshiga ne sinov, sinoat kelsa,
Ko'zdan uyqu qochib, halovat ketsa,
Ishlaring yurishmay, boshga dard kelsa,
Erkak yig'lamasin rohat ketsa ham.
Bir manman maqtansa o'rtaga kirib,
Mandan zo'ri yo'q, deb ko'ksini kerib,
Kamsitmoq bo'lsa gar, seni past ko'rib,
Erkak yig'lamasin yo'qchilikda ham.
Dardingni berar ham, olar ham O'zi,
Sarg'aymasin qarzdan hech kimning yuzi,
Mehnatdan to'xtama, vaqt o'zi qozi,
Erkak yig'lamasin multaz bo'lsa ham.
Eshitgil, ey do'stim, dilda orzumni,
Qiynamasin farzand dog'i hech kimni.
Erkak yig'lamasin farzand deb faqat,
Jigar-bandi uni tashlab ketsa ham.
Erkak yig'lamasin farzand ketsa ham,
Jigar-bandi uni tashlab ketsa ham.
Berar ham Xudodir, olar ham Xudo,
Erkak yig'lamasin davlat ketsa ham.
Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo,
Erkak yig'lamasin omad ketsa ham.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists