Kishore Kumar Hits

Jasur Umirov - Vatan lyrics

Artist: Jasur Umirov

album: Vay-vay


Qiyosi yo'q uning, mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi o'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo
Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek!
O'nta bo'lsa, o'rni boshqa uningchun,
O'g'lim – otashimdan yaralgan uchqun,
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam, deb yashaydi o'zbek!
Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek!
O'zbek, o'zbek,
Dunyo tan oldi seni, buyuk millat.
O'zbek, o'zbek,
Dunyo durdonasi, go'zal Vatanim.
Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari xushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurriyodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay, to'nin to'shaydi o'zbek!
Ehtirom etganda ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi o'zbek!
Qiyosin topdingmi, aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi o'zbek.
Yomon qo'shiq aytsang ham, betingdan o'pib,
Kam bo'lma, bolam, deb yashaydi o'zbek!
O'zbek, o'zbek,
Dunyo tan oldi seni, buyuk millat.
O'zbek, o'zbek,
Dunyo durdonasi, go'zal Vatanim.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists