Kishore Kumar Hits

Konsta - Chekish O'ldiradi lyrics

Artist: Konsta

album: Alhimik


Kunduzi mazqarabozman, xazil men uchun bari
Yolg'iz qolib o'zimdan nafratlanaman tunlari
Yoshligim o'tyapti deb boramiz kundan-kun qarib
Chekish o'ldiradi lekin menga bu tutun zarur
Bu shaxarim qotil, orzularimni o'ldirmoqchi
Miyamni bo'sh qilib, bo'sh qozonimni to'ldirmoqchi
To'rt tarafing qibla, lekin uchta yo'lda soqchi
Hamma ishongani ertaga, a ertaga aldoqchi
Bilmayman nima kutadi oldinda
To'rtta devor yoki koshonalar oltindan
Vijdon bilanmi? Yo to'la hamyon bilanmi?
Biron narsa deb bo'miydi oldindan
Qo'rqasan odam, qo'rqasan odam
Aytchi sen qachon to'yasan odam?
Biron narsa deb bo'miydi oldindan
Nega o'zingni xudo ko'rasan odam?
Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin
Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin
Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib
Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib
Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin
Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin
Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib
Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib

Do'stim menga quyma, men o'ylashim kerak
Bu g'irromchi hayot bilan men o'ynashim kerak
Men yutishim kerak, 100 foiz yutishim kerak
Orzularimni ob qo'yshiga yo'l qo'ymasligim kerak
Onam bugun kutmang, men ketishim kerak
Juda uzoqdagi maqsadga yetishim kerak
Men yutishim kerak, 100 foiz yutishim kerak
Bilmayman nima bor, lekin borib ko'rishim kerak
Yuragingdagi so'ngi nur o'lmaydi butkul
Tugadi bir - tugadi kun demagin har tun
Hayotingdagi hamma tunni dardi bir tun
Yangi kun, hayot bo'lar uzun
Olov bo'lib yonadi qalbingdagi uchqun
Uch oylik qish o'tib ketadi xuddi uch kun
Jilmaydi san qidirgan bulut
Bu yorug' tun endi san uchun
Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin
Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin
Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib
Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib
Mayli ko'p, mayli ko'p sinovlari bo'lsin
Mayli xo'p, mayli xo'p dushmanlarim kulsin
Mayda bu, mayda bu qadamlarim bosib
Yetaman orzuga baribir bo'laman munosib

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists