Kishore Kumar Hits

Konsta - Qayiq lyrics

Artist: Konsta

album: Alhimik


Sayyoramda qolib ketgan bir nihol
Havotir olaman undan ko'rib bu bog'larni holin
Yagona bir umidim bo'ldi bahor
U ham keldi, lekin kutganlarim shu bo'lsa nahot
Osmonga yuboraman kuylar yerto'ladan
Yaxshilar o'shetga ketar, yomonlarga yer to'ladi
Ko'ngil holati qanday bo'sa shunday sher bo'ladi
Oldin o'zing yaxshi bo'lsang shunda hamma yaxshi bo'ladi
Yana qancha sinov, yana qancha jazo bor
Yana qancha bizga ho'mrayib boqadi fazo
Yana qancha bo'glar, gullar bo'ladi hazon
Balki bizga javobni, aytmoqchi bo'lar azon
Bahor bizni sinagan
Yoz bo'ladi serquyosh
Toza bo'lsa chinakam
Tanlamidi sevgi yosh
Farqi yo'qku nima kam
Shusiz ham o'tar bu hayot
Sehrgar bo'lsam ekan
Barin qilardim muhayyo
Bahor bizni sinagan
Yoz bo'ladi serquyosh
Toza bo'lsa chinakam
Tanlamidi sevgi yosh
Farqi yo'qku nima kam
Shusiz ham o'tar bu hayot
Sehrgar bo'lsam ekan
Barin qilardim muhayyo
Ne kechadi holim bilmadim agar
Omadim kelmasa qilganda tavakkal
Nazarim uzmagayman ko'ngildan bergan umid
Qadamim yaratganim tomonga tavakkal
Birma bir to'kilganda yaproqlarim
Umidim bo'ldi faqat bahordan
Pinhona talpinardi sadolarim
Havoga qilganimcha havola
Birma bir to'kilganda yaproqlarim
Umidim bo'ldi faqat bahordan
Pinhona talpinardi sadolarim
Havoga qilganimcha havola
Qayiq, qayiq, qayiq, qayiq
Suzadi dengiz oralab mayin
Mayin, mayin, mayin, mayin
O'padi osmonda yulduzdayin
Qayiq, qayiq, qayiq, qayiq
Suzadi dengiz oralab mayin
Mayin, mayin, mayin, mayin
O,padi osmonda yulduzdayin
(Qayiq, qayiq, qayiq, qayiq)
(Suzadi dengiz oralab mayin)
(Mayin, mayin, mayin, mayin)
(O'padi osmonda yulduzdayin)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists