Kishore Kumar Hits

Sevara Nazarkhan - Ulugimsan Vatanim - Live lyrics

Artist: Sevara Nazarkhan

album: Humo Arena (Live)


Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim.
O'zimga bek, O'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg'izim Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan...
Sen Xo'jandsan Chingizlarga Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan, qorachig'i Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko'rgan cho'pon-
Cho'lig'imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o'zing san.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, Vatanim!
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing —Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Yotarlar zimistonda.
Tarqab ketgan to'qson olti
Urug'imsan, Vatanim...
Qizim desang osmonlarga
G'irot bo'lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo'lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug'beking quchgayman,
G'ichir-g'ichir tishimdagi
So'lig'imsan, Vatanim...
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o'zingsan.
Ota desam, Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, Vatanim!

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists