Kishore Kumar Hits

Sevara Nazarkhan - Bakhtimdan lyrics

Artist: Sevara Nazarkhan

album: Sen


Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim,
O'zimga bek,
O'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg'izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan
Ulug'imsan.
Sen Ho'jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig'i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko'rgan cho'pon
Cho'lig'imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan,
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, VATANIM!
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig' deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to'qson olti
Urug'imsan, Vatanim...
Qizim desa osmonlarga
G'irot bo'lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo'lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug'beging quchgayman,
G'ichir-g'ichir tishimdagi
So'lig'imsan, Vatanim...
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan,
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, VATANIM!
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Oftobimsan, Vatanim, o'zingsan,
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, VATANIM!

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists