Kishore Kumar Hits

Sevara Nazarkhan - Kuyoshga lyrics

Artist: Sevara Nazarkhan

album: Sen


Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Qandayin san do'stimsan,
Ohlar to'la ko'ksimda,
Oh urib ketmassan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Suvingga qo'shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni,
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Men kimman, men bir yolg'izman,
Suv bo'yida bir yalpizman,
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Quyoshga qarab oqqan suv,
Onamdek erib boqqan suv,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists