Ko'zlarimga boq, rostini so'zla Senga vafo etmadimmi Hammadan kechib bir seni deya Ayt balki xato qildimmi? Men uchun yolg'iz suyanchim eding Ishongandim senga dilimni Endi sen mendek xo'rlanganingda Men senga kerak bo'ldimmi? Aldagan sen Tunlar dardli yig'latgan sen Armonlarga yuzlatgan sen Ishontirib ayt nega ketting Aldagan sen Sensizlikka o'rgatgan sen Yuragimni muzlatgan sen Unutganda ayt nega kelding... Ko'zlarimga boq qanchalar bu dard Azoblagan yuragimni Men yashar edim seni deb faqat Sezmas edim keragimni Ayt nega kelding yangilab yana Unutilgan alamlarimni Sen emasmiding axir o'shanda O'yin qilgan tuyg'ularimni... Aldagan sen Tunlar dardli yig'latgan sen Armonlarga yuzlatgan sen Ishontirib ayt nega ketting Aldagan sen Sensizlikka o'rgatgan sen Yuragimni muzlatgan sen Unutganda ayt nega kelding...