Kishore Kumar Hits

Lola - Ketaver lyrics

Artist: Lola

album: Qaytmayman


Sening ko'zingda, har bir so'zingda
Afsus, men emas.
Kulib turibman ichimdan yig'lab,
Go'yo og'ir emas.
Tunlar yolg'iz, tonglar sensiz,
Balki ko'nikaman.
Aybdor o'zim, bu so'nggi so'zim –
Seni unutaman!
Ketaver, ortga qaytma,
Sevaverishing aytma,
Ketaver, ketaver.
Mazmun yo'q sevgimizda,
Sening manziling o'zga,
Ketaver, ketaver.
Yillar o'zimni aldab yashardim,
Meni sevar deb.
Yolg'onlaringga ko'zim yumaverib,
Kutdim, o'tar deb.
Tinch qo'y meni, baxtli qil uni,
Meni o'ylama.
Aybdor o'zim, bu so'nggi so'zim –
Yetar, urinma!
Ketaver, ortga qaytma,
Sevaverishing aytma,
Ketaver, ketaver.
Mazmun yo'q sevgimizda,
Sening manziling o'zga,
Ketaver, ketaver. (+)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists