Birinchi uchrashuvni esladim, esla sen ham Ikkimizdan qolgan yodgorlik bormi? Men o'zgarmadim, sen ham o'shasan Qani o'sha sevgi, senda shu savol bormi? Tungi osmonda so'ngan bo'lsa yulduzlar Bil, sen ko'nglimda o'chmas bo'lib qolgansan Yer bilan osmon ehtimol o'rin almashar Ammo seni, sevgim, hech kimga alishmasman Yuzim kulib turar, dil esa xasta Kim menga sendayin yor bo'la oldi? Hech kim, deya javob berdim ohista Egallagan sevgi qafasi, unda men yolg'izman hamon Chegarasini ko'rmay ezilar yurak yomon Mehringni his etay va uzoqlarga ketay Bir bora tushlarimga endi kel, kel Yuragim... Hislarim... Nega sendan voz kecholmas? Nega seni unutolmas? So'zlarim... Ko'zlarim... Sendan o'zgani ko'rishga... O'zgani sevishga ko'nikmadi! Ko'nikmadi! Men sensizlikka ko'nikdim, ko'nikkin sen ham Unut meni, yurak o'zgaga zor, deding Yozgan she'rlarimni birma-bir o'qib chiqsam Har bir satrlarimda, har bir so'zida bor eding Menga sevgi dengizini ilk bora sen ochding So'ngra tubiga tortarding Yoqamni qo'yvormay Meni bundan halos et Ikkimizga ham qolmasmu armon? Balki men bunga ko'nikolmadim, ammo Mehringni his etay va uzoqlarga ketay Bir bora tushlarimga endi kel, kel Yuragim... (Yuragim) Hislarim... (Hislarim) Nega sendan (Nega?) voz kecholmas? (Nega ayt?) Nega seni unutolmas? So'zlarim... (So'zlarim) Ko'zlarim... (Ko'zlarim) Sendan o'zgani ko'rishga... O'zgani sevishga... Yuragim... (Yuragim) Hislarim... (Hislarim) Nega sendan (Nega?) voz kecholmas? (Nega ayt?) Nega seni unutolmas? So'zlarim... (So'zlarim) Ko'zlarim... (Ko'zlarim) Sendan o'zgani ko'rishga... O'zgani sevishga ko'nikmadi! Alam deymu, borim deymu (Ko'nikmadim) O'tkan kunlar sevgi deymu? Yoki tuyg'ulardan jo'shib Seni unutmadim deymu?