Kishore Kumar Hits

Radius 21 - Monolog lyrics

Artist: Radius 21

album: Xotira


Ishonaman, aytganlaring samimiy bari
Lekin, birdek tutolmaymiz mayli rag'batni
Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon
Ammo o'sha olov bir kun so'nar begumon
Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin
Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin
Yashash uchun qasamlarni unutish lozim
Qasamlarki shosha-pisha ichamiz doim
Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas!
Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas
Alvon-alvon sur'atida sevinch va qayg'u
Bir-birini sovuradi, suradi yog'u
Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga xira
Qayg'uning ham sevinch bilan ishi yo'q sira
Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot
Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot
Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir
Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar
Yuksalganda dushmanlaring do'st bo'lib turar
Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu?
Kimki do'stdan bezor bo'lsa, uning do'sti mo'l
Do'stga muhtoj bo'lib do'stni o'ylagan odam
Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz do'stni ham
Boshlagandim, o'sha gapga qaytaman yana
Dunyo degan tuganmas bir tasodifxona
Kerak paytda bizning izmu-ixtiyorda bas
Orzu qilar, istak qilar, mahsuli qolmas
Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar
To birinchi bevalikka yetgunga qadar

Taqdir shartlarga berolmay bardosh
Tashlab ketdi mana yosh bir qalam-qosh
Bir deganda ketdi ham do'st ham sirdosh
O'ylab ko'r sababi nima? Maosh.
(Men esa sensiz)
(Sohilda yolg'iz)
(Masofa bepoyon)
Masofa cheksiz azizim essiz
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu-paymon?
Azizim essiz masofa cheksiz
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon
Poyyida dengiz
Men esa sensiz
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz
Sohilda yolg'iz
Masofa bepoyon
Masofa cheksiz azizim essiz
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu-paymon?
Azizim essiz masofa cheksiz
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon
Poyimda dengiz
Men esa sensiz
Nega hayollarim narigi sohil tomon?
Poyimda dengiz
Sohilda yolg'iz
Masofa bepoyon

Masofa bepoyon

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists