Kishore Kumar Hits

Radius 21 - Drama lyrics

Artist: Radius 21

album: Xotira


Mobila qo'limda asta sekin raqamni terdim (Alo)
Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim
Jimlik kuyini chalardim bir necha soniya
Bizdan yiroqda edi uzoqda garmoniya
Dialogni men ochdim, u esa davom etdi
Uchrashuv belgiladik, ozgina vaqtlar o'tdi
Tuyg'ular esdan chiqqan, ozgina o'tirdik biz
O'ylanardik ikkimiz, sevgidan qolganmi iz?...
Unda yangicha hayot, o'zgacha bir maniya
Men bilan Toshkent bo'lsa u bilan Ispaniya
Meni ustimda soddagiya mayka, uchi?
Boshidan oyog'igacha Prada, Rolex, Gucci
Seni yaxshi tushunaman men bilan nima ko'rding?
Befoyda she'rlarimmi? Sanoqdagi har bir tiyin
Jaxldagi qichqiriq, sevgi izhor shu halos
Intilib kutganingda olarding doimo oz
U esa boshqa dunyo
Quruq gap gapirmaydi
Jaxlda baqirmaydi
Pulda maydalashmaydi
Men kelardim sovg'asiz, u esa gullar bilan
Sevgim bilan ko'mardim, u esa pullar bilan
Boshingni qotirma, mayli, o'zi shundoq ham ayon
Gaplarim yolg'on bo'lsa men ham qilmasdim bayon
Unda audio to'rtinchi, yonida valyuta ko'pincha
O'tmishni esdan chiqar, mana endi prestij ham
Bir kun kelib ko'rasan, aslida xato qilding
Sevgi pulga sotilmas, muhabbatni xor qilding
Baxt degani pulmikin? Deya ikkilanaman
O'z yo'lingni tanladingku men nima qilaolaman?!
"Yo'q, unda daryo pullar", shivir aytib qo'yasan
"Sevgi qiziqtirmaydi", deya javob berasan
O'ylanib ko'rgin bir bor, haliyam imkoni bor
Sen esa jimlik saqlab birdan solib ketting dod
Yana o'sha isterika, yana o'sha panika
Go'yoki sen farishtayu, men aybdor bariga (A?)
Qo'ldagi mobila sindi, sochilib ketti tekila
Ovozing g'azab bosib yana o'sha eski gap
Ko'zlaringga yosh olib, "Qara e'tiborsiz sen
Hayotda mazmuning yo'q, lazzatsiz hayot" deding (nimaa)
Hali men aybdormanmi boylikka sen o'ch bo'lsang
Seni ko'tarolmayman, "Jim bo'l", ovozing o'chsin...
Tomchilar tushgan ko'zingdan, g'azab tushmagan yuzingdan
Birdan tugadi bu dramma, uyma-uy ketgandi hamma
Aybsiz ikkalamiz, shunchaki turlimiz biz
Senga baxt pulda bo'lsa, menga edi ikkimiz...

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists