Kishore Kumar Hits

Radius 21 - Unutolmadim lyrics

Artist: Radius 21

album: Xotira


Sendan judo bo'lsamda,
Kecholmadim, azizim.
Bugun ko'zlarimda nam,
Sevgim yolg'on emas hech.
Kechmagan bo'lsang mendan,
So'z ochma judolikdan.
Bu ne siru-sinoat,
Kecholmadim, azizim.
Nimasini ham aytay,
Bu sevgi. Sir emas hech
Taqdirga tan bermasdan,
Tolmasman kurashishdan.
Taqdir ekan, tan berdim,
Tole'yimga bitmading.
Ishonaman kun kelar,
Yulduzlar porlab ketar.
Shunda taqdirning o'zi
Sevgimizga tan berar.
Yillar yuvdi ko'nglimni,
Sen yuvilib ketmading.
Mayli sening ko'nglingni
Yil emas, asr yuvsin.
Yurakdagi sevgimning
Qudrati yuvilmasin.
Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog'lari sarg'aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go'zalim, juda tordur,
Negadur seni unutolmadim.
Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog'lari sarg'aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go'zalim, juda tordur,
Negadur seni unutolmadim.
Qalbim to'la mehr, chindan ham sevaman axir,
Olib ketadi xayolim mani sen tomon,
Sog'inaman yomon armonda, xazonda, gumonda.
Baxtli bo'laman deganimda endi,
Yarim bo'lagimni topganimda senda,
Hech qaylarga g'oyib bo'lasan hayotimdan.
Kimdan ko'raman sababini, kim biladi,
Nega taqdir bizning ustimizdan kuladi?
Uchrashtiradiyu ayiradi ketidan.
Azoblar keladi sevgining hididan.
Baxtsiz muhabbatim yosh boshimga balo,
Majnun dardiga nega bo'ldim mubtalo?
Layli, Laylimisan, Shirinmisan,
Bu dunyoda sensiz manga juda zerikarli.
Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog'lari sarg'aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go'zalim, juda tordur,
Negadur seni unutolmadim.
Qondur, bemor yuragim chala yarimjondur,
Qalbim bog'lari sarg'aygan xazondur,
Negadur seni unutolmadim.
Bordur, hali-hali sendan umidim bordur,
Sensiz dunyo, go'zalim, juda tordur,
Negadur seni unutolmadim.
Sensiz yurak chaqnamas, urmas,
Tomirlarda qaynamas qonim.
Chunki sen-la vujudim-qalbim,
Qaynoq hayot, suyukli jonim.
Izlaganda birinchi bora
Hayot uchun o'zimga sirdosh,
Qayerdandir seni uchratdim
Va sen bo'lding qalbimga quyosh.
Shuning uchun sevaman seni,
Shuning uchun mehrimni qo'ydim.
Shuning uchun hayotga qaytdim
Faqat seni-seni tanladim...

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists