Kishore Kumar Hits

Shoxrux - Chilparchin lyrics

Artist: Shoxrux

album: Davom Etar


Mana yana kech tushdi, yana xayol parishon
O'zboshimcha ko'ngil ko'zida yana yosh, ishon
Dard kishan soldi yana yuragim qo'llariga
Yolg'iz harakatlanmoqdaman qora капюшон'da
Ha mayli, ha mayli, ha mayli
Man ila yoki o'zing baxtli bo'lsang bo'ldi, Layli
Azoblar chekdim sen tufayli
Shunchaki istamayman tugashin bizning ishq sayli
Axir, yaqin do'stimdeksan san manga
Eng yoqtirgan rangim bu – saning ko'zlaringning rangi
Eskirgan usti-boshim bir san uchun edi yangi
Ikki karmonim quruq, ammo qizig'i yo'q sanga
Shuncha birga o'tgan yillar chekinar
Bir umrga ayrildim, deya g'amlar chekilar
Dardlar chekilar
Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon, bo'l omon
Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom
Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon, bo'l omon
Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom

G'amni aks etar nigohim, kayfiyatim yomon
O'sha kundan beri rangi-ro'yim xuddi somon
San tomon yetaklaydi bo'ysunmas oyoqlarim
Nima bo'lgan taqdirda ham, jonginam, bo'l omon
Xayr, mandan go'zalim o'zing ayir
Hamda qo'sh azobni barobar yolg'iz o'zing sayr
Ayriliq ko'chasida qo'l ushlashib dard bilan
Bor, boraqolgin endi borishni istasang qayer
Lab, lablaringdan ortiq olmayman bo'sa
Talablaringdan oxir to'ldi sabr-kosa
Hamon sevaman rosa, behazil, ishon rostdan
Ammo endi bo'lmaymiz san bilan hattoki do'st ham
Keraksiz qiynoqlarning, ayt, nima keragi bor?
A to'gri, yurak qurg'ur tanho sanga zor
Biroq aytilgan gap – otilgan o'qdek, bilsang
Alvido, yor...
Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon, bo'l omon
Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom
Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon, bo'l omon
Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists