Kishore Kumar Hits

Setora - Yasmin lyrics

Artist: Setora

album: Rahmonim


Ko'zlari moviy samo ro'yo bebaho,
Ko'rinishlari a'lo, so'zlari avlo.
Hammaning nazarida u bedard kimsa,
Lekin dardi bor aytsa.
Qalbimda ne borligin bilmaydi hech kim,
Bu bir kam dunyo o'zi, ba'ziga zolim.
Yori bor edi, yo Rab, baxti yo'q, nechun?
G'am-anduhlari uzun.
Ko'z yosh to'kadi...
Yig'laydi yona-yona,
Vafoli yor, go'zal yasmin dona-dona.
Yig'laydi nega yona
Havasli yor, zebo yasmin dona-dona?
O yasmin, o habibi, qayg'uga botma!
Yolg'iz qoldim, demagin, faryoding urma!
Oyning yarmi qora-yu, yarmi yorug'dur,
Hali baxting yonadur.
Qalbimda ne borligin bilmasin hech kim,
Bu bir kam dunyo o'zi, joningga zolim.
Omading kelmasa gar, hech ham o'kinma,
Ko'zlarga xazon bo'lma.
Ko'z yosh to'kadi...
Yig'laydi yona-yona,
Vafoli jon, go'zal yasmin dona-dona.
Yig'laydi nega yona
Havasli yor, zebo yasmin dona-dona?
Yig'laydi yona-yona,
Vafoli yor, go'zal yasmin dona-dona.
Yig'laydi nega yona
Havasli yor, zebo yasmin dona-dona?

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists