Kishore Kumar Hits

Lola Yuldasheva - Seni Deb lyrics

Artist: Lola Yuldasheva

album: Xabar Ol


Tomchilab osmondan, yog'adi yomg'ir
Shirin muhabbatingsiz, yashashim og'ir
Sening hayoling ila, ko'zim ocharman
Baxtli onlarimdan, taskin toparman
Sening nigohlaring sezilar har on
Qiynashdan to'xtamaydi sog'inchli armon
Sensiz bu kunlarim go'yoki zulmat
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat?
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on
Seni deb tunu-kun, qayg'ular chekar hijron
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanho
Seni deb so'rashdan, hayolim tinmas aslo
Yulduzli osmonga, termo'lib har kun
Seni esga olarman, dardliman butun
Tinmay orzularda, sen-la kezarman
O'tli nigohlaringni qalbdan sezarman
Sening nigohlaring, sezilar har on
Qiynashdan to'xtamaydi sog'inchli armon
Sensiz bu kunlarim go'yoki zulmat
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat?
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on
Seni deb tunu-kun, qayg'ular chekar hijron
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanho
Seni deb so'rashdan, hayolim tinmas aslo

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists