Kishore Kumar Hits

Ummon - So'ngi Iltimos lyrics

Artist: Ummon

album: So'ngi Iltimos


Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab
Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab
So'nggi bor, so'nggi iltimos
Ket, qaytma, eslama biroz
Yuragim tilkalayverma
Dardimga dard qo'shib yana
Endi bu sevgidan emas
Nafratdan olamiz nafas
Afsus, biz endi do'st emas
Sensizman, atrofim qafas
Qalbimni dard qiynayverar
Sen yo'qliging sababmi bu?
Yuragimni ezaverar
Mahzun tun qandaydir qayg'u
Dardingga dard qo'shaverar
Yolg'izlik seni yeb borar
Eslayman so'nggi so'zlaring
Yuragimni ezaverar
Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab
Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab
Ha, menga oson emas, sen kabi bo'lolmadim
Sevgimizni senchalik oson unutolmadim
Bu yolg'on ko'zlaringda o'zimni topolmadim
Urundim, unutdim, lekin voz kecholmadim
Kunmi, tunmi farqi yo'q – sensiz onim bemazmun
Bir kun ayriliq dardi tubsiz ummondek uzun
Ko'zlaringda g'arq bo'lgan o'zligimni sen qaytar
Kezaman telbadayin bu dunyoda darbadar
Yurak der: "Unut uni"
Qalbim lek eslar uni
Yurak der: "Unut uni"
Qalbim lek eslar uni
Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab
Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen ketmagin meni yolg'iz tashlab
Jonimni so'ragin, men beray
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists