Kishore Kumar Hits

Ummon - Oq Gulim lyrics

Artist: Ummon

album: To'plam


(Oq gulim)
Nega bugun, nega bugun bunchalar qiyin menga?
Nega bu tun, nega bu tun emas yurak butun?
Qora ko'zlar meniki edi, kimga qarar endi?
Endi bu tun mani umrim sog'inib o'tar seni
Nega har tong, nega har tong uyg'otar meni armon?
Nahot har on, nahot har on bo'lmaymiz yonma-yon?
Tim qora, uzun sochlarin bugun bilmam kim erkalar
Sog'inchim uzun, uzundan-uzun tinmay yurak mahzun
Oq gulim, sog'inib ketdim
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim
So'nggi bor ber menga imkon
Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay
Oq gulim, sog'inib ketdim
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim
So'nggi bor ber menga imkon
Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay
Hayotimning eng shirin onlari
Bunchalar tez, qaytmas bo'lib ketdi?
Hayotimning eng go'zal tonglari
O'z go'zalliklarin yo'qotdi
Xayolimning eng nafis bog'lari
Xazonlarga aylanib qotdi
Hayotimning eng qimmat insoni
Bunchalar kam baholadi sevgim mani?
Kechalari bedorman, uyqu yo'q
Ko'chalar tuman, taskin yo'q
Necha bora qildim qo'ng'iroq
Hatto bir bor yozib yubormading javob
Endi sani kimdan so'rab, qaydan izlay?
Ber sado, sani topay
Usiz kechalar qanchalar qiyin o'tishini bilsa edi
Balki mani hech qachon tashlab ketmas edi
Nahot unutding sen meni?
Nahot ko'rmayman endi seni?
Sog'inch ichimdan ezaverar, nigohing qo'msayverar
Sendan qoldi chuqur yod
Har tong uyg'otar meni armon
Har tong nafis shamol esar men tomon
Hidlaring kelib turadi ulardan
Sog'inch sinaydi irodam har tong
Oq gulim, sog'inib ketdim
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim
So'nggi bor ber menga imkon
Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay
Oq gulim, sog'inib ketdim
Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim
So'nggi bor ber menga imkon
Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay
(Oq gulim, sog'inib ketdim)
(Sensiz qorong'u – qiynalib ketdim)
(So'nggi bor ber menga imkon)
(Seni bir ko'ray, hidlaringga to'yay)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists