Kishore Kumar Hits

Ummon - Sen lyrics

Artist: Ummon

album: To'plam


Nahotki ikkimizdan ham bir
Kerakli so'z topilmasa
Nahotki bu keraksiz mavzu
Ochilsa-yu yopilmasa
Nahotki baxtim deganim
Endi armonim bo'lib qolasan
Nahotki yarim bo'lagim
Ko'nglim yarmim bo'lib olasan
Uch kundan beri uyqu yoq
Almashtiradi uyqu yoshni
Lekin menga farqi yoq
Halovat yo'qolgan topilmaydi o'zimni qo'ygani joy
Holim hech kim bilmaydi lek yurak so'rar najot
O'sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo
Qiziqtirmas olam
Tegidagi navo
Qilolmay tasavvur
Xayolda bitta savol
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?
O mani baxtim
Qarshingdaman so'nggi bor
Nahot qolmadi vahtim
So'zlarim tingla so'nggi bor
O mani baxtim
Endi bir o'zing yet orzularimizga
Qolmadi vahtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga
Ooooooo ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma
Mayli baxtli bo'l meni esa hech o'ylama
Ooooooo sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma
Sevganing bilan baxtli bo'l hech qachon undan ayrilma
Endi mani ko'zlarim bilan olamga qara
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz
Oddiy ko'chalardan topib go'zal manazara
Xayotga sevgan ko'zlar bilan qara
Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning
Baxt sababchi bo'lsin ko'zing yoshlagan kuning
Endi mani qo'ng'iroqlarim buzmaydi tuning
Endi yuzingdagi tabassum bo'lmaydi sun'iy
Endi xayotimni nuri bilan yorit yo'ling
Qiyin bo'lgandi orzularimiz tutsin qo'ling
Endi mani felim bilan tashvishga beparvo
Bo'lib shirin xayollairngda qilaver parvoz
Endi bo'lsin o'sha shirin tushlaring bari rost
Bo'l baxtga yaqinroq
Mayli mandan nariroq
Parvoz et eshitmay
Yonimda qol desam
Man esa pastga
Qanotlarim qoldi sanda
O mani baxtim
Qarshingdaman so'nggi bor
Nahot qolmadi vahtim
So'zlarim tingla so'nggi bor
O mani baxtim
Endi bir o'zing yet orzularimizga
Qolmadi vahtim
Ko'z yoshlaringni ko'rsatmagin hech kimga
Ooooooo ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma
Mayli baxtli bo'l meni esa hech o'ylama
Ooooooo sen ketaver go'zalim ortinga hech qayrilma
Sevganing bilan baxtli bo'l hech qachon undan ayrilma

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists