Kishore Kumar Hits

Ummon - Sog'ina lyrics

Artist: Ummon

album: To'plam


Kunlar o'tgan sari so'lib borar edim
Qaytishingga ishonib she'rlar bitar edim
She'rlarimda ikkimiz eng baxtlilarmiz
Hayotdagi eng go'zal taqdirlarmiz
Afsus, bular oddiy qog'ozga bitilgan she'rlar
Hayotda eslamaganiga bo'ldi anchalar
Qanchalar sog'inganimni bilsa edi
Qay ahvolga solib ketganini ko'rsa edi
Kuta-kuta she'rlarimni suvlarga ag'darib yubordim
Bir kun keladi degan umiddan tondim
Oxir ishondim qaytmasligingga
Jonim, inondim yog'onlaringga
Alvido, ko'zimda yosh, bag'ritosh
Sen eding bag'rimni yoritib turgan quyosh
Oramizdagi ishonch qayda qoldi!
Tunlar dil sog'inib o'tda yondi
Sog'ina, sog'ina, sog'ina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman og'rina, og'rina
Og'rina, og'rina, og'rina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman sog'ina-sog'ina
Alvido, bo'ldi tamom, ko'ngil ishon
Endi u qaytmaydi hech qachon
Tugadi sevgi sahifasi, qalbimning rishtasi
Mani tark etdi - yuragim farishtasi
Sanga ishonar edim jonim
Ishonchimni ustida izlaring janonim
Qaysi qilgan aybim uchun o'girding yuz?
San bilan suhbat qurgim kelganida yuzma-yuz
Sur'ating bilan sirlashib yotar edim afsus
Savollarimga javob qolaverar edi
Kunlar o'tgani sari u mani unutar edi
Yurak sezar edi, bari bo'ldi tamom
Har tong uyg'onganimda sog'inch azobidan to'kilaman
O'sha menman - sariq hazon
Osmon, jondan sog'inganimni kimga aytay?
Atrofimda do'stdan ko'ra dushman talay
Go'yo u ham menga dushmanday
Sog'ina, sog'ina, sog'ina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman og'rina, og'rina
Og'rina, og'rina, og'rina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman sog'ina sog'ina

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists