Kishore Kumar Hits

Sardor Mamadaliyev - Do'st lyrics

Artist: Sardor Mamadaliyev

album: To'plam


Do'stim!
Do'stim! Do'stim onang qariyapti,
Hushyor bo'lgin, ogoh bo'l!
Sal shabboda qaddin egar,
Tirgak bo'lgin, panoh bo'l!
O'ylamaki, hayot mangu,
Onam ming yil yashaydi.
Bu dunyoda har ne zotdan,
Ona mo'rtga o'xshaydi.
Bir so'zingdan yashnab ketar,
Chaman bog'lar hech gapmas.
Bir so'zingdan qulab tushar,
Tog' - u toshlar hech gapmas.
Bir so'zingdan qulab tushar,
Tog' - u toshlar hech gapmas.
Do'stim!
Do'stim onang qariyapti,
Hushyor bo'lgin, ogoh bo'l!
Do'stim otang qariyapti,
Panoh bo'lgin, tirgak bo'l!
Senga ertak ayta - ayta,
Ertaklarga aylanar.
Bir kun u ham onasiday,
Maysalarga boylanar.
Unda sening alamlaring,
Yegan oshing, noningdur.
Onang tirik yursa magar,
Shavkat - shon, iymoningdur.
Unda sening alamlaring,
Yegan oshing, noningdur.
Onang tirik yursa magar,
Shavkat - shon iymoningdur.
Do'stim!
Do'stim! Do'stim onang qariyapti,
Hushyor bo'lgin, ogoh bo'l!
Do'stim otang qariyapti,
Panoh bo'lgin, tirgak bo'l!
Sal shabboda qaddin egar,
Panoh bo'lgin, tirgak bo'l!

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists