Kishore Kumar Hits

Sardor Mamadaliyev - Vatan lyrics

Artist: Sardor Mamadaliyev

album: To'plam


Osmon oyu yulduz, quyosh ham kerak,
Zarurati bordir tog'u toshgacha.
Biroq men bilganim qalbda bir bezak,
Tuproq yo'lda qolgan izlar boshqacha. {}
Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
Vatan degani bu – yurakda titroq.
Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
Vatan degani bu – yurakda titroq.
Kim qanday anglaydi, qanday tushunar,
Tuproq iforiga to'la tonglarim,
Balki, shundan halol, shundan xokisor,
Mening ona xalqim, bug'doy ranglarim. {}
Bolaligim mening – asov qulun,
Oyog'i shilingan toshga urinib.
Onam chang ko'chaga qo'yiblar qo'lin,
Tuproqni malham deb, bosgan egilib. {}
Ota buyuk zotdir, suyanchdir menga,
El doim ishonar oqillariga.
Ul zot asling xokdir, deya o'rgatar,
Ishongum purhikmat naqllariga.
Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
Vatan degani bu – yurakda titroq.
Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
Vatan degani bu – yurakda titroq.
Kim qanday anglaydi, qanday tushunar,
Tuproq iforiga to'la tonglarim,
Balki, shundan halol, shundan xokisor,
Mening ona xalqim, bug'doy ranglarim. {}
Mening o'zbek xalqim, bug'doy ranglarim.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists