Kishore Kumar Hits

Rayhon - Kelinchak lyrics

Artist: Rayhon

album: Javob ber


Dunyolar nur sochar yuzingday,
Fazolar beg'ubor ko'zingday,
Sen kulsang, daryolar ovozingday,
Aslo ko'z tegmasin.
Qadaming shirin baxt keltirsin,
Hayoting nurlarga to'ldirsin,
Omading doimo kulib tursin,
Senga ko'z tegmasin.
Singlim, baxting muborak,
Bo'lgin baxtli kelinchak.
Qadaming gulga to'lsin,
Orzularing kulsin,
To'y muborak bo'lsin.
Yoningda yoring bilan baxtli,
Har lahza bo'lsin senga totli,
Bugungi kun sening hayotingda
Hech unut bo'lmasin.
Hayoting sevgidan zavqlansin,
Xayoling g'amdan yiroq bo'lsin,
Bu damlar abadiy tark etmasin,
Umring baxtga to'ldirsin.
Singlim, baxting muborak,
Bo'lgin baxtli kelinchak.
Qadaming gulga to'lsin,
Orzularing kulsin,
To'y muborak bo'lsin.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists