Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Ey dilbarki lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Mehring sabab


Kel, ey dilbarki, bo'ston vaqti bo'ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Qilay nola, boqib guldek yuzungga,
Chu bulbullarg'a afg'on vaqti bo'ldi.
Kel, ey dilbarki, bo'ston vaqti bo'ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Gulu bulbul bikin gulbunlar ichra,
Nishotu ayshi pinhon vaqti bo'ldi.
O'qub gul baxtini majlisda har dam,
Bo'lub sarxush, gulafshon, vaqti bo'ldi.
Kel, ey dilbarki, bo'ston vaqti bo'ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Mug'anniylarg'a bulbullar bikin zor,
Hazoron nav'i alhon vaqti bo'ldi.
Bu damkim, gul qilur bulbulg'a altof,
Atoiyg'a ham ehson vaqti bo'ldi.
Kel, ey dilbarki, bo'ston vaqti bo'ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Kel, ey dilbarki, bo'ston vaqti bo'ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Guliston vaqti bo'ldi...

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists