Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Yiroq lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Buyuklar Bisotidan: Lutfiy


O'lturur hijron meni ul rohati jondin yiroq,
Tushmasin gul mavsumi hech kimsa jonondin yiroq,
Tushmasin gul mavsumi hech kimsa jonondin yiroq.
Yoz faslikim erur aysh-u tarabning mavsumi,
Soldi bulbultek meni gardun gulistondin yiroq.
Lolatek bag'rimda dog' erdi, ajabkim qolmisham
Bir sumanbar yuzi gul, sarvi xiromondin yiroq.
Bir sumanbar yuzi gul, sarvi xiromondin yiroq.
Do'stlarning ko'ngli gultek ochilib gulgasht aro,
Men muningdek yozida ul aysh-u javlondin yiroq. {x2}
Ey ko'ngul, hasratta jon bergil, dag'i vasl istama,
Kim, erur mehr-u vafo ul shohi xubondin yiroq. {x2}
Ko'rkning bog'inda yig'mish mahvashim gul xirmani,
Bir nafas ul vajh ila ermasman afg'ondin yiroq.
Lutfiy zulf-u yuzudin hayrat maqominda tushub,
Bir ajib olamda qolmish kufr-u imondin yiroq. {x2}
O'lturur hijron meni...

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists