Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Atirgul lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Ardog'imdasiz (Live)

Gullar oqshom chog'ida o'yga tolar emishlar
Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar

So'ng barchasi subhidam, sal iymanib, nozlanib
Quyoshni kutar emish, sharq tomonga yuzlanib

Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim

Faqatgina atirgul sog'inch dog'lab ko'ksini
Quyoshi ketgan yo'ldan, olmas emish ko'zini

Ters tomondan kun chiqach
To'lib shabnam ko'z yoshga
Hayrat-u araz bilan, qayrilar emish quyoshga
Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim
Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim
Men bir darbadar odam, yo'lda kechar hayotim
Gulim dilda yonadi, bir iltijo, bir dog'im

Bu dunyoda yo'l ko'pdur, gulim umrim hayolda
Goho janubga botib, chiqadurman shimolda
Atirgulim, sevgilim, men qaylarga yelmayin
Ketib qaysi ko'chadan, qaysi yo'ldan kelmayin
Ko'zlaringni qadab qol, quyosh yanlig' dilimgaaa
Kelgunimcha qarab qol, jo'nab ketgan yo'limga
Gullar oqshom chog'ida o'yga tolar emishlar
Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar.
END

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists