Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg'och lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Ardog'imdasiz (Live)


Ey qaldirg'och, qayga shoshasan,
Chug'urlaysan, nedan xafasan?
Ayvoniga in solgan qushni
Kutgan elni qaydan topasan,
Bunday elni qaydan topasan?
Iningdan xas tushsa, avaylab
O'z o'rniga qo'yadi joylab.
Polaponing uchishin poylab
Turgan elni qaydan topasan,
Bunday elni qaydan topasan?
Ey qaldirg'och, ey qaldirg'och,
Bunday yurtga bag'ringni och.
Ey qaldirg'och, ey qaldirg'och,
Bunday elga bag'ringni och.
Bu bir elki, bag'rikeng, hotam,
Yetti o'lchab, tashlaydi qadam.
Bo'lsa hamki dilida ming g'am,
Kulgan elni qaydan topasan?
Bo'lsa hamki dilida ming g'am,
Kulgan elni qaydan topasan?
Bunday elni qaydan topasan?
Ey qaldirg'och, ey qaldirg'och,
Bunday yurtga bag'ringni och.
Ey qaldirg'och, ey qaldirg'och,
Bunday elga bag'ringni och.
O'nta bo'lsa, o'rni bo'lak deb,
Bir kun bo'lar menga tirgak deb,
El tinchiga o'g'lon kerak deb,
Tuqqan elni qaydan topasan?
Kelmay qolsa uyiga mehmon,
Joni halak, yugurar har yon.
Qush sayrasa, tunda turib non
Yopgan elni qaydan topasan,
Bunday elni qaydan topasan?
Ey qaldirg'och, ey qaldirg'och,
Bunday yurtga bag'ringni och.
Ey qaldirg'och, ey qaldirg'och,
Bunday elga bag'ringni och.
Ey qaldirg'och, qayga shoshasan?
Ey qaldirg'och, qayga shoshasan?
Qayga shoshasan?

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists