Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Bolam dema Vatanim meni lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Vatan madhi


Nega chaman istamas yantoq
Sahrosidan kelmaydi beri?
Axir qo'msar yongan shu ovloq
Ne qilsa ham uning vatani.
Shu bir yantoqchalik bo'lmasam
Bolam dema vatanim meni.
Beshigimsan allalar aytgan
Eshigimsan kuzatib kutgan.
Har bahordan avaylab-asrab
Erkalatib, kaftida tutgan.
Xizmatingda turmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Faxrim mening – "Shoshmaqom"laring
"Chorgoh"laring, "Sarahbor"laring.
Savlatiga dunyo bosh egkan
Samarqand-u Buxorolaring.
Tarixingni bilmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Xizmatingda turmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Buyuk safar boshlading mana
Har qadamda qilding tantana.
Farzandlarin boshin silagan
Sendayin yurt ko'rmadim yana.
Dilbandlarin boshin silagan
Sendayin yurt ko'rmadim yana.
Agar qadring bilmasam seni
Bolam dema vatanim meni.
Xizmatingda turmasam seni
Bolam dema vatanim meni.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists