Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Jon O'zbekiston lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Vatan madhi


Nafosat yo'g'rilgan ey aziz diyor,
Mehrdan tug'ilgan ey aziz diyor.
Navqiron yoshingni qutlaymiz bu kun,
Saodat chamani abadiy bahor.
Bu oydin kechalar - jon O'zbekiston
Bu yorqin ko'chalar - jon O'zbekiston
Bu oydin kechalar - jon O'zbekiston
Bu yorqin ko'chalar - jon O'zbekiston
Bu bog'u chamanim - jon O'zbekiston
Bu go'zal Vatanim - jon O'zbekiston
Bu bog'u chamanim - jon O'zbekiston
Bu go'zal Vatanim - jon O'zbekiston
Sen zamon bag'rida yuksalgan orzu
Dillarni munavvar aylagan yog'du
Farzandlar baxtisan ey aziz Ona
Bu jahon boricha yayragin mangu
Sen nurli kelajak - jon O'zbekiston
Baxtlarga to'lajak - jon O'zbekiston
Sen nurli kelajak - jon O'zbekiston
Baxtlarga to'lajak - jon O'zbekiston
Bu azal chamanim - jon O'zbekiston
Bu go'zal Vatanim -jon O'zbekiston
Bu azal chamanim - jon O'zbekiston
Bu go'zal Vatanim -jon O'zbekiston
Barq urar ko'ksingda gulshan fasllar
Ulg'ayar imonli ozod nasllar
G'animlar ne desa deyaversinlar
Seniki kelajak barcha asrlar
Tinch-totuv hayotim - jon O'zbekiston
Parvozda qanotim -jon O'zbekiston
Tinch-totuv hayotim - jon O'zbekiston
Parvozda qanotim -jon O'zbekiston
Bu g'azal chamanim - jon O'zbekiston
Bu go'zal Vatanim -jon O'zbekiston
Bu g'azal chamanim - jon O'zbekiston
Bu go'zal Vatanim -jon O'zbekiston!

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists